Пн. Дек 9th, 2019

Kar24.uz

Янгиликлар биздан бошланади

Olma otada qurilayotgan uyda O’zbekistonlik fuqaro jasadi topildi

4-oktabr, juma kuni Olmaota viloyatining Talg‘ar tumanida qurilayotgan uylardan birida O‘zbekiston fuqarosi Q.B.ning jasadi topilgan. Bu haqida O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotiga asoslanib, TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qotillik fakti bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi ochilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumning jasadini Vatanga jo‘natish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16

Olmaota shahridagi bosh konsulxona. Ma’lumot o’rnida shuni aytish kerakki 3-oktyabr kuni Leningrad oblasti hududida Neva daryosidan O’zbekiston fuqarosi Sh.M ning ham jasadi topilgandi.