Вс. Окт 20th, 2019

Kar24.uz

Янгиликлар биздан бошланади

Qoraqalpog’iston Respublikasi yoshlarining butun xalqimizga, mo’’tabar ota-onalar va yurtimizning barcha yoshlariga MUROJAATI!

Aziz ota-onalar, qadrli ustozlar va tengdoshlarimiz!
Biz buyuk allomalarni etishtirib, jahon tsivilizatsiyasiga ulkan xissa kushgan, boy tarix va moddiy-ma’naviy merosga ega, o’z farzandlarining salohiyati, intiluvchanligi bilan dunyoda munosib o’rniga ega bo’lib borayotgan davlatda yashash baxtiga muyassar avlodmiz. Bu muqaddas zaminda ilm va iste’dod doim qadr topgan. Tafakkurimiz Abu Iso at-Termiziy, imom al-Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muxammad al- Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Berdaq, Ajiniyoz, Ibroyim Yusupov kabi ulug’ bobolarimiz ziyosi ila charog’ondir.
Bugun ham axolisining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadigan jonajon O’zbekistonimizda shunday etuk shaxslar etishib chiqishi uchun barcha sohalarda zamonaviy sharoitlar, imkoniyatlar, imtiyozlar yaratib berilmoqda.
Shijoatli va dilbar yigit-kizlar, Sizlarga murojaat kilib, shuni ta’kidlab o’tmoqchimiz, bilim olish xar birimiz uchun hayotiy zarurat bo’lib hisoblanadi. Yurtimizda tashkil etilayotgan yangidan-yangi bog’chalar, maktablar, oliy ta’lim muassasalari, nufuzli xorijiy bilim yurtlarining filiallari, madaniyat va sport inshootlari, “Temurbeklar maktabi”, “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari” deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatbardosh kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat kiladi. Bu maskanlar muxtaram Prezidentimiz rahbarligida Biz va Siz azizlarning o’qib, aql-idrokli va jismoniy barkamol bo’lib etishishimiz uchun bunyod etilayotganini unutmaylik!
Yigit-kizlarimizning yutuqlarini munosib rag’batlantirilib, yuzlab vatanparvar, fidoyi yoshlarimiz “Do’stlik” ordeni, “Shuhrat” va “Kelajak bunyodkori” medali, Zulfiya nomidagi xamda “Mard o’g’lon” davlat mukofotlari, “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi mukofotlari bilan taqdirlanayotgani barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi.
Yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida har yili “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etib kelinayotgani davlatimiz rahbari Biz, yoshlarning eng bilimli, ma’naviyatli insonlar bo’lib etishishimizni chin dildan istashining yorkin dalilidir.
Tengdoshlarimizning ilg’or biznes g’oya va loyihalari uchun “Yoshlar – kelajagimiz” jamg’armasi tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilib, yangi ish o’rinlari yaratilayotgani; “Yoshlar mehnat guzar”lari, “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari foydalanishga topshirilayotgani; yoshlarning orzu- intilishlari, ilg’or g’oya va tashabbuslarini ruyobga chiqarish maqsadida umumxalq xarakatiga aylangan beshta ijobiy tashabbus doirasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotgani taxsinga loyikdir.
Kelajagimiz o’z qo’limizda ekan, keling, tinimsiz o’qib-o’rganaylik!
Bilim, hunar bebaho ne’mat ekanligini doimo yodimizda saqlaylik!
Aziz ota-onalar!
Yaxshi bilasizki, tarbiya oiladan boshlanadi. Bugungi murakkab davr Sizdan mehribon ustoz, dono maslahatchi bo’lishni, farzandlaringiz puxta ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishni talab kilmokda.
Unutmangki, Siz tarbiyalayotgan farzand – xayotga dadil kadamlar bilan kirib kelayotgan yangi kuch! Ertangi kunni o’zgartira oladigan salohiyatli rahbar! Tengdoshlarini ish bilan ta’minlaydigan, uzoqni ko’ra oladigan tadbirkor! Kelgusida katta isloxotlarni amalga oshiradigan islohotchi! O’zbekistan bilan ulg’ayayotgan kelajak!
Ug’il-qizi oila kadriyatini, milliy ma’naviyatini yuksak tutadigan, ota-ona va mahallasini ardoqlaydigan, vatanini sevadigan yurt engilmasdir!
Farzandlaringizning zamonaviy bilim va taraqqiyot chuqqilarini egallashi, o’z amaliy ishlari, g’ayrat-shijoati bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli avlod bo’lib kamol topishi – Siz, aziz ota-onalarning ko’magingiz bilan amalga oshadi.
Odamning ko’nglini, yo’lini kitob yoritadi. Kitobda ilmu hikmat javoxirlari mujassam. Undan bahramand bo’lib, xayotiga tatbiq etganlar barcha zamonlarda ulug’vor ishlarni amalga oshirgan. Bunday hikmatga birinchi navbatda o’zingiz kat’iy amal kilib, o’g’il-qizingizning ongini, tafakkurini uyg’otib, o’z oldiga qo’ygan ulkan va mas’uliyatli vazifalarida sobit bo’lishi uchun sizlardan xar tomonlama katta tayyorgarlik va safarbarlik talab etiladi.
Davlatimizning kuch-kudrati, jamiyatimizning tayanchi va kelajagi bo’lgan yangi avlodni komil insonlar kilib tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ekan, qo’limizda bor imkoniyatlarimizni, bilim va iste’dodimizni oilamizning kuvonchi bo’lgan farzandlarimiz kelajagi uchun safarbar qilish yuksak sharaf va mukaddas burchdir.
Sharafli kasb egalari bulgan aziz o’qituvchilar, ustoz va murabbiylar!
Yosh avlodni bolalikdan milliy g’urur va vatanparvarlik, o’zi tug’ilib usgan yurtga muxabbat, shu tabarruk zaminga cheksiz ehtirom ruhida tarbiyalash, qalbida halollik, odob-axlok, Vatanga, ota-onaga, milliy kadriyatlarga xurmat tuyg’usini qaror toptirish – siz azizlarning muhim vazifangiz ekanini dildan anglaymiz!
Bu yuksak maqsad yo’lida barchamiz bir bo’lib, shu yurtning ertangi kuni, uning chinakam egalari bulgan yoshlar tarbiyasida pedagoglar jamoasi ham qo’lni qo’lga berib kirishsa, kutilgan ijobiy natijaga erishamiz!
Qoraqalpoq klassik shoiri Berdaq bobomizning mashxur she’ridagi “Yigit bo’lsang arslondek tug’ilgan, Xizmat kilgil doimo xalq uchun” satrlarini shior kilib, yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg’ularini kuchaytiraylik!
Aziz yoshlar, ota-onalar va pedagoglar!
Vatanni asrab-avaylaylik, tuprog’ini ko’zimizga tutiyo qilib, bor mehrimizni, mehnatimizni muqaddas O’zbekiston rivoji yo’lida safarbar qilaylik!